Kompaniya haqida

Bosh sahifa / Kompaniya haqida

NORMA kompaniyasi O`zbekiston elektron mahsulotlar bozorida 1999 yildan beri faoliyat yuritadi, o`zbek va rus tillarida huquqiy va iqtisodiy mavzularda elektron axborot qidiruv tizimlarini, kartografik asosda elektron ma`lumotnomalar va boshqa elektron mahsulotlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

 

Kompaniyaning vazifasi– biz mijozlarimizga aniq, dolzarb va kerakli axborotdan foydalana olish imkoniyatini beramiz, bu esa ularga to`g`ri qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

 

NORMA kompaniyasi faoliyat olib borgan yillar mobaynida ishlab chiqargan axborot qidiruv tizimlaridagi normativ hujjatlar, tushuntirish, uslubiy va ma`lumot materiallari soni 140 000 dan oshib ketdi, yangi hamda tadbirkorlar va turli tarmoq korxonalari rahbarlariga zarur mahsulotlar paydo bo`ldi.


Bizning loyihalar

 
  • Elektron axborot qidiruv tizimi – O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

 

  • Elektron ekspert ma`lumot tizimlari:

 

  • Amaliy buxgalteriya
  • Kichik korxona elektron buxgalteri
  • Amaliy soliq solish
  • Tekshirish «A» dan «Ya» gacha
  • Kadrlar bo`yicha maslahatchi
  • Soliqlar: savollar va javoblar
  • Eksport-import operatsiyalari
  • Korxona yuristi
  • Qurilish
  • Kichik korxona: hisob, soliqlar, huquq
  • Bojxona kalkulyatori
  • Xodimlar bilan hisob-kitoblar

 

  • «Mening shahrim» elektron mahsulotlari:

 

    • Toshkent xaritasi bilan birgalikda “Mening shahrim” biznes ma`lumotnomasi;
    • Oliy o`quv yurtlari va kollejlarga kirishda test sinovlariga tayyorgarlik ko`rish uchun “Mening shahrim. Ta`lim” tizimi;
    • Bosma nashrlar: “Norma maslahatchi”, “Soliqlar va bojxona xabarlari”, “Norma”, “Nalogoviye i tamojenniye vesti”, “Top”.
    • Internet-loyihalar: norma.uz portali va O`zbekiston korxonalari, tovarlar va xizmatlar to`g`risida axborot beruvchi saytlar guruhi. Bu www.pc.uz, www.apteka.uz, www.restoran.uz, www.bank.uz, www.stroyka.uz, Toshkent elektron xaritasi bilan www.mg.uz sayti.
Yuqori malakali mutaxassislar
    – buxgalteriya, soliq solish, mehnat va bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlari masalalari yuzasidan ekspertlarning maslahatlari. “Bevosita muloqot” telefonlari orqali tezkor javoblar».





NORMA kompaniyasining afzalliklari:

 

  • Ekspertlar - huquq, buxgalteriya, soliq solish, bojxona ishi va mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari sohasida yuqori malakali mutaxassislar jamoasi;
  • IT – mutaxassislar – mavjud dasturiy ma`lumotlarni ta`minlash va doimo yangilab borish, shuningdek yangilarini ishlab chiqish ustida ishlaydigan professional dasturchilar guruhi;
  • Servis menejerlar – ishlab chiqilgan, shu jumladan “bevosita muloqot” rejimidagi, dasturiy mahsulotlarni o`rnatish, yangilashni ta`minlaydigan va ulardan foydalanish masalalari bo`yicha texnik maslahatlar beradigan menejerlar jamoasi;
  • Voqealar va qonun hujjatlaridagi o`zgarishlarni kuzatib boradigan hamda dolzarb va juda zarur mavzularda materiallar tayyorlaydigan jurnalistlar va sharhlovchilar;
  • Bosma mahsulot – davriy matbuot, uslubiy qo`llanmalar, kitoblar, risolalar va boshqa nashrlarni tayyorlashda o`z hissasini qo`shadigan matbuot xodimlari;
  • Mahsulot tarqatish tarmog`i va elektron hamda bosma mahsulotlarga doir; narxlarni belgilash va doimiy mijozlarga chegirmalar berish bo`yicha maslahatlar berishga tayyor sotish bo`yicha menejerlar jamoasi;
  • Savollarga javob taqdim qiladigan, nizoli vaziyatlardan chiqishga doir maslahatlar va amaliy tavsiyalar beradigan “bevosita muloqot” maslahatchilari.

 

Bizga murojaat qilgan har bir mijozni qadrlaymiz. Ayni shu sababli o`z biznesimizni barpo etish va mijozlar bilan munosabatlarda biz quyidagi qoidalarga amal qilamiz:

 

  • Taqdim etilayotgan axborotning dolzarbligi – doim yangilanadigan qonunlar, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Hukumat qarorlari va O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy munosabatlarning turli sohalariga doir boshqa normativ hujjatlarni dolzarb holatda saqlash;
  • Kompleks yondashuv: NORMA kompaniyasi mijozlari guruhiga kiradigan barcha kompaniyalarning xizmatlaridan ancha oson foydalana oladilar – ular turli manbalardan (bosma, elektron) axborot olish imkoniyatiga egalar. Bundan tashqari, mahsulotlarning elektron versiyalari foydalanuvchilariga bizning mijozimiz bo`lgan butun vaqt mobaynida texnik ko`mak ko`rsatiladi: dasturiy ta`minot o`rnatiladi, dasturiy mahsulotlardan qanday foydalanish o`rgatiladi, dasturlar yangilanadi va uni yangilash bo`yicha maslahatlar beriladi;
  • Har bir mijozga yakka tartibda yondashuv: narx belgilashning moslashuvchan tizimi, har bir mijozga sotish bo`yicha yakka tartibdagi menejerlar va xizmat ko`rsatuvchi servis menejerlar biriktirilishi, mijoz uchun qulay vaqtda servis menejerlari kelishining moslashuvchan jadvali va boshqa ko`p xizmatlar;
  • Mijoz ehtiyojlariga mo`ljal olish: mijozlarning ehtiyojlarini o`rganish, ular bilan “qaytar aloqa”, mahsulotlarni va loyallik dasturlarini olg`a surish bo`yicha turli dasturlarni ro`yobga chiqarish – chegirma kuponlari, doimiy mijozlar uchun aktsiya va chegirmalar;
  • Istiqbolni ko`zlab ishlang – ishda yangi texnologik yechimlarni amalga oshirish va yangi, kelgusida foydali bo`lgan mahsulotlarni barpo etish.

 

Xodimlarining soni turlicha bo`lgan, turli mulkchilik shakliga mansub, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, davlat hokimiyati va boshqaruvi tuzilmasida, sud tizimida va ko`plab boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan, bizga ishonch bildirib NORMA kompaniyasi mijozlariga aylangan 4 500 dan ziyod tashkilot samarali ishimizning ko`rsatkichidir.

 

Bizga ishonch bildiradilar
NBU
NBU
NBU
NBU
NBU
NBU
NBU
NBU
Boshqa yirik kompaniyalar

 


Bizning gazetalar

AVda ro`yxatga olingan raqami bo`yicha qat`iy muvofiqlik
  • Barchasi
  • amaldagi
  • kuchini yo`qotgan
  • Русский
  • Ўзбекча
  • Оба языка
  • istalgan sana
  • aniq sana
  • davr
  • -

Qidiruvni pastga tushirish